06:30 / 14.12.2019
4 876

Qafas yopilganda men har doimdek o‘z ishimni qilaman - Habib Toni bilan jangi haqida

Qafas yopilganda men har doimdek o‘z ishimni qilaman - Habib Toni bilan jangi haqida
UFC chempioni Habib Nurmagomedov amerikalik jangchi Toni Fergyusonni nima uchun yoqmasligini aytdi.

Toni juda yaxshi jangchi va men unga qarshi shaxsiy narsam yo‘q, lekin rostini aytsam, men uni yoqtirmayman. Men uning boshida nimalar bo‘layotganini tushunmayman, menga bu kerak kerak ham emas. Men bo‘lajak jangga e’tiborimni qarataman. Qafas yopilganda men har doimgidek ishimni bajaraman”, - deydi Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Fergyuson o‘rtasida jang Nyu-Yorkda 18 aprelda Barclays Center arenasida o‘tkaziladi.
Nurmagomedov sentyabrda Abu-Dabida amerikalik jangchi Dastin Puareni mag‘lubiyatga uchratib, UFC chempionlik kamarini himoya qilgandi.

Fergyuson iyun oyida o‘tkazgan oxirgi jangida Serron ustidan g‘alaba qozongandi. Fergyuson professional karerasida 25 ta jangda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 ta jangda mag‘lubiyat alamini tortgan. Nurmagomedov 28 ta jang o‘tkazgan bo‘lsa, barchasida g‘alaba qozongan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qafas yopilganda men har doimdek o‘z ishimni qilaman - Habib Toni bilan jangi haqida