16:32 / 19.12.2019
3 011

Yil bokschisi va o‘n yillikning bokschisi mukofotlariga nomzodlar e’lon qilindi

Yil bokschisi va o‘n yillikning bokschisi mukofotlariga nomzodlar e’lon qilindi
Amerika jurnalistlar assotsiatsiyasi (BWAA) tomonidan har yili taqdim etiladigan mukofotlarga nomzodlar e’lon qilindi.
So‘nggi 10 yillikning eng yaxshi bokschisi mukofotiga Saul Alvares, Menni Pakyao, Vladimir Klichko, kichik-Floyd Meyvezer va Andre Uord nomzodlari qo‘yildi.

Ushbu sovrin uchinchi marotaba o‘z egasini topadi. Bungacha, kichik-Roy Jons va Menni Pakyao bu mukofotga sazovor bo‘lgan.
Yilning eng yaxshi bokschisi uchun Saul Alvares, Menni Pakyao, Naoyya Inue, Errol Spens Djosh Teylor nomzodlik qilishmoqda.

Yilning eng yaxshi jangi uchun Sergey Derevyanchenko – Gennadiy Golovkin, Naoya Inoue – Nonito Doneyr, Menni Pakyao – Kit Turman, Endi Ruis – Entoni Joshua, Errol Spens – Shon Porter va Djosh Teylor – Rejis Progreys juftliklari davogarlik qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, g‘oliblar 17 yanvar kuni aniqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yil bokschisi va o‘n yillikning bokschisi mukofotlariga nomzodlar e’lon qilindi