16:59 / 23.12.2019
3 128

Shomurodov «Rostov»ning eng qimmatbaho futbolchisi bo‘ldi

Shomurodov «Rostov»ning eng qimmatbaho futbolchisi bo‘ldi
Transfermarkt portali 2019 yil yakunlariga ko‘ra futbolchilarning yangi transfer narxini baholadi, deb yozmoqda Kun sayti.

Unga ko‘ra, nashr mutaxassislari «Rostov» klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer narxini 6,5 million yevroga baholagan. 24 yoshli futbolchining bahosi sentabrda 2,5 million yevro edi, bu safar esa 4 million yevroga qimmatladi.

Natijada Eldor Shomurodov «Rostov» klubining eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turgan Roman Yeremenkodan (4 mln. yevro) o‘tib ketdi.

Keyingi o‘rinlarda «Rostov»ning yana ikki futbolchisi – Matias Normann (6 million yevro) va Aleksey Ionov (4,5 million yevro) joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov «Rostov»ning eng qimmatbaho futbolchisi bo‘ldi