22:23 / 24.12.2019
2 831

Shomurodov “Rostov”dan ketadimi? Ahmedov “Shanxay SIPG”da qoladimi? Iskanderov legionerga aylanadimi?

Shomurodov “Rostov”dan ketadimi? Ahmedov “Shanxay SIPG”da qoladimi? Iskanderov legionerga aylanadimi?
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston futbolida 2019 yilning eng yaxshilari aniqlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotni translyatsiya qilgan “Sport” telekanali Jamshid Iskanderov, Eldor Shomurodov hamda Odil Ahmedovdan blis intervyu oldi.

– Yaqinda chiqqan xabarlarga ko‘ra, Jamshid Iskanderovga Rossiya, Qatar hamda BAA klublari qiziqayotgan ekan. Bu to‘g‘risidagi yangilikni bizga ayta olasizmi yoki bu sir bo‘lib qoladimi?
– Sir bo‘lib qola qolsin. Lekin, xabarlarning tarqalgani bekorga emas. Qiziqish bor ammo hali faoliyatimni boshqa klubda davom ettiraman deb yuz foiz ayta olmayman. Yaqin kunlarda hammasini bilib olasiz. (Jamshid Iskanderov)

– Eldor Shomurodov yaqin kelajakda faoliyatini Rossiyada davom ettiradimi? Xorij klublaridan yaxshiroq takliflar bormi va sizning hoxishingiz qanday?
– O‘zimning xohishim Yevropaning kuchli chempionatlarida faoliyatimni davom ettirish. Bunga doim intilganman va harakat qilmoqdaman. Bu yilgi rejaga keladigan bo‘lsak, buni ko‘proq “Rostov” hal qiladi. Chunki, “Rostov” bilan yana uch yillik shartnomam bor. Lekin, ular ham nimani xohlashimdan xabardor. Katta ehtimol bilan “Rostov”da mavsum oxiri, ya’ni, yozgacha qolaman. (Eldor Shomurodov)

– Odil faoliyatingizni “Shanxay SIPG”da davom ettirasizmi? Ikkinchi savol xorijda o‘ynaydigan mashhur futbolchilar yoshi o‘tganidan so‘ng o‘z vataniga qaytishadi bu borada sizning rejalaringiz qanday?
– Hali, o‘zimda kuchim yetarli deb hisoblayman. Shu bois, mavsum o‘rtasida “Shanxay SIPG” rahbariyati menga 1+1 ko‘rinishida shartnoma taklif etishdi. Bunga rozilik bildirdim va o‘ylashimcha, 2021 yilga qadar Shanxayda qolaman. (Odil Ahmedov)

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov “Rostov”dan ketadimi? Ahmedov “Shanxay SIPG”da qoladimi? Iskanderov legionerga aylanadimi?