20:30 / 25.12.2019
2 750

O‘zbekiston OTJ bu safar ham Iroq OTJ ustidan g‘alaba qozondi

O‘zbekiston OTJ bu safar ham Iroq OTJ ustidan g‘alaba qozondi
Xabaringiz bor O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Taylandda bo‘ladigan Osiyo chempionatiga Birlashgan Arab Amirliklarida tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Lyubinka Draulovich boshchiligidagi jamoamiz bugun iroqlik tengqurlariga qarshi yana bir bor nazorat uchrashuvi o‘tkazishdi. Gollarga boy kechgan o‘yinda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida zafar quchishdi.

Terma jamoamiz safidagi gollarga Sherzod Nasrullayev (41), Mirjahon Mirahmadov (44) hamda Hojiakbar Alijonovlar (87) mualliflik qilishdi.

O‘zbekiston U-23 - Iroq U-23 3:1
Gollar:
Sherzod Nasrullayev (41), Mirjahon Mirahmadov (44), Hojiakbar Alijonov (87) - Muntadar Sattor (45+1).

O‘zbekiston U-23: Abduvohid Ne’matov, Hojiakbar Alijonov, Sharof Muhiddinov, Mirjahon Mirahmadov, Sherzod Nasrullayev, Abror Ismoilov, Oybek Rustamov, Aziz Amonov, Doston Ibragimov, Husniddin Aliqulov, Oybek Bozorov.

Zaxira: Mashhur Muhammadjonov, Nizomiddin Ziyovutdinov, Islom Qobilov, Dilshod Saitov, Ilhom Alijonov, Abdulla Abdullayev, Aziz G‘aniyev, Nurillo To‘xtasinov, Jasur Yaxshiboyev, Islom Kenjaboyev, Sanjar Qodirqulov, Bobur Abdixoliqov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston OTJ bu safar ham Iroq OTJ ustidan g‘alaba qozondi