08:30 / 26.12.2019
2 780

Odil Ahmedov: Muxlislarni xursand qilish niyatim bor

Odil Ahmedov: Muxlislarni xursand qilish niyatim bor
Xabaringiz bor, kecha O‘FA va PFL “Yilning eng yaxshilari”ni taqdirlash marosimini o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov “Fidoyilik ramzi” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

Ushbu marosimdan so‘ng Odil Ahmedov marosim va keyingi rejalari borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Tadbir ajoyib tarzda o‘tdi. Shu fursatdan foydalanib, mukofotlarni qo‘lga kiritgan har bir futbolchi, murabbiy va boshqalarni futbolga qo‘shayotgan hissasi uchun barchani tabriklayman.

Mukofotimga keladigan bo‘lsak, bu men uchun juda ham katta motivatsiya. O‘zbek futboli uchun kelajakda ham o‘z hissamni qo‘shib, qo‘limdan kelgancha yordam berishga harakat qilaman.

Keyingi rejalarim? Hozirgi klubim “Shanxay SIPG”da qolaman. Keyingi yili hudo xohlasa, O‘zbekiston milliy terma jamoasida yaxshi o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilish niyatim bor, - dedi Odih Ahmedov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov: Muxlislarni xursand qilish niyatim bor