18:47 / 27.12.2019
2 374

"Nasaf" yarim himoyachisi Islom Rashidxonov “Navbahor” bilan shartnoma tuzdi

"Nasaf" yarim himoyachisi Islom Rashidxonov “Navbahor” bilan shartnoma tuzdi
"Nasaf" yarim himoyachisi Islom Rashidxonov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi. U 2020 yilda “lochinlar” sharafini himoya qiladi.

Mazkur futbolchi borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, Rashidxonov 1997 yilning 10 oktabrida Namangan shahrida tug‘ilgan. U “Navbahor”ning sobiq futbolchisi, jamoamizning ko‘plab muvaffaqiyatlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan, 1996 yilgi “oltin” tarkibda ham namanganliklar sharafini himoya qilgan Dilshod Aliyevning o‘g‘li.

Islom Rashidxonov 2016–2019 yillar davomida Qarshining “Nasaf” klubida to‘p tepdi.

Biz mahoratli yarim himoyachi Islom Rashidxonovga yangi mavsumda omad yor bo‘lib, chiroyli o‘yinlari va gollari bilan “Navbahor”ning g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishini tilab qolamiz", - deb yozadi “Navbahor” PFK matbuot xizmati.


Manba: pfcnavbahor.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" yarim himoyachisi Islom Rashidxonov “Navbahor” bilan shartnoma tuzdi