23:30 / 27.12.2019
3 689

“Navbahor” yig‘iniga 12 nafar xorijlik (10 nafari yevropalik) futbolchilar jalb etildi

“Navbahor” yig‘iniga 12 nafar xorijlik (10 nafari yevropalik) futbolchilar jalb etildi
Namanganning “Navbahor” jamoasi 2020 yilgi mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsadlar qo‘ymoqda, ya’ni Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni niyat qilmoqda. Shu bois, klub rahbariyati mamlakatimizning bir qator mahoratli va tajribali futbolchilari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Xabar berganimizdek, bugun 22 yoshli mahoratli yarim himoyachi Islom Rashidxonov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi va 2020 yili “lochinlar” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Mahalliy futbolchilar bilan birgalikda shuningdek, bir qator mahoratli hamda tajribali legionerlarni ham tarkibga jalb etish rejalashtirilmoqda.
“Navbahor”ning 2020 yilning 7 yanvaridan boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga quyidagi legionerlar jalb etilishdi:

Rossiyadan - David Dzaxov (1988 yil 6 oktabrda tug‘ilgan, yarim himoyachi).

Gollandiyadan 3 nafar futbolchi – Gregori Jarreld Martlales (1988 yil, 31 yanvarda tug‘ilgan), Georgi Dilan Osazi (1998 yil, 27 iyunda tug‘ilgan) hamda Isitir Ozan (barchasi - hujumchi).
Misrdan 2 nafar futbolchi – Mahmud Abdulvohid Abbos Hassan (1993 yil, 17 oktabrda tug‘ilgan, hujumchi) va Mustafo Mahmud Muhammad Salim (1989 yil, 17 martda tug‘ilgan, yarim himoyachi).
Xorvatiyadan - Vilim Posinkovich (1991 yil, 10 yanvarda tug‘ilgan, hujumchi).

Bosniya va Gersegovinadan – Ismar Xayrlanovich (1996 yil, 4 martda tug‘ilgan, yarim himoyachi).
b]Portugaliyadan[/b] – Karrela Oliveyra Rikardo (yarim himoyachi).
Ispaniyadan – Martinez Trueba Ignasio (1990 yil 11 aprelda tug‘ilgan, yarim himoyachi).
Serbiyadan 2 nafar – Aleksa Andrejik (1992 yil, 13 sentabrda tug‘ilgan, yarim himoyachi) hamda Marko Rajkovich (1992 yil 13 noyabrda tug‘ilgan, hujumchi).

Demak, “Navbahor”ning 2020 yilning 7 yanvaridan boshlanadigan yig‘iniga 12 nafar xorijlik futbolchilar jalb etilishgan. Ularning soni yig‘in davomida yanada oshishi ehtimoli ham yuqori.
Mazkur legionerlardan qaysi biri "Navbahor" murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirsa, o‘sha xorijlik o‘yinchi bilan shartnoma imzolanadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Navbahor” yig‘iniga 12 nafar xorijlik (10 nafari yevropalik) futbolchilar jalb etildi