15:09 / 28.12.2019
2 664

«Paxtakor» xorijdagi yig‘in paytida «Rostov»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi

«Paxtakor» xorijdagi yig‘in paytida «Rostov»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi
«Paxtakor» yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida bir necha nazorat bahslari o‘tkazadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

«13 yanvar kuni Toshkentda Tojikistonning «Istiqlol» klubiga qarshi bahs bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, BAAning Abu-Dabi amirligida 15-30 yanvar kunlari yig‘in o‘tkazadigan «sherlar» u yerda uchta bellashuvda maydonga tushishi rejalashtirilgan. 20 yanvar kuni Rossiyaning «Rostov», 24 yanvarda Slovakiyaning «Jilina» va 29 yanvar sanasida Janubiy Koreyaning «Suvon Samsung» jamoalari bilan o‘yinlar o‘tkaziladi» - deyiladi klub ma’lumotida.

Ma’lumot uchun, «Paxtakor» mavsumdagi ilk rasmiy bahsni 10 fevral kuni Toshkentda Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida BAAning «Shabab Al Ahli» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Eldor Shomurodov to‘p suradigan «Rostov» klubi ham BAAda yig‘in tashkil etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» xorijdagi yig‘in paytida «Rostov»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi