19:37 / 28.12.2019
2 271

“Bunyodkor” yanvar oyida BAAda yig‘in o‘tkazadi

“Bunyodkor” yanvar oyida BAAda yig‘in o‘tkazadi
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan “Bunyodkor” jamoasi ayni paytda Toshkentda shug‘ullanmoqda.
Bugun “qaldirg‘ochlar” dastlabki yig‘in doirasida “Nasaf”ga (1:1) qarshi nazorat bahsi o‘tkazdi. Mazkur yig‘in doirasida Abramov jamoasi 30 dekabr kuni “Lokomotiv” bilan ham nazorat bellashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan. “Loko”ga qarshi o‘tkaziladigan nazorat uchrashuvidan keyin Abramov futbolchilarga yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa ta’til beradi.

Yangi yilda esa jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirish uchun xorijga yo‘l oladi. Ikkinchi yig‘in BAAda tashkil etilishi kutilmoqda. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov ma’lum qildi. BAAdagi yig‘in doirasida “Bunyodkor” qator nazorat o‘yinlarini o‘tkazishni mo‘ljallamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bunyodkor” yanvar oyida BAAda yig‘in o‘tkazadi