06:00 / 29.12.2019
2 739

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan Qatar bilan o‘yin o‘tkazadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan Qatar bilan o‘yin o‘tkazadi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini Birlashgan Arab Amirliklarida olib bormoqda.
Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda. Qolaversa, yig‘in doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlari ham tashkil etilmoqda. Hozirga qadar terma jamoamiz BAA yig‘ini doirasida 3 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va uchala bahsda ham g‘alaba qozondi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 1 yanvar sanasiga qadar Dubayda mashg‘ulotlar olib boradi. Ertaga BAA 1-divizioni vakili – “Al Hamriya” klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi.

So‘ngra terma jamoamiz 1 yanvarda Tailandga yo‘l oladi. Musobaqa oldidan yakuniy o‘rtoqlik o‘yini esa 3 yanvar kuni Bangkokda Qatar olimpiya termasiga qarshi o‘tkaziladi. Qatar bilan o‘yindan keyin terma jamoamiz musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadigan Songxla shahriga yo‘l oladi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi qit’a chempionatidagi ishtirokini 9 yanvar kuni Eronga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Songxla shahridagi “Tinsulanon” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan Qatar bilan o‘yin o‘tkazadi