08:30 / 29.12.2019
3 020

Diyor Imomxo‘jayev: Ayni vaqtda PFLni o‘ylantirayotgan faqat bir jihat bor

Diyor Imomxo‘jayev: Ayni vaqtda PFLni o‘ylantirayotgan faqat bir jihat bor
PFL bosh direktorining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida yangi mavsum taqvimi muhokamada ekanligini bildirdi.

- PFL Superliganing 2020 yilgi taqvimini ishlab chiqqandi. Kecha — 27 dekabr kuni O‘FA rahbariyati hamda Terma jamoalar bo‘limi vakillari ishtirokida taqvim masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Taqvim masalasidagi uchrashuvning eng yoqimli tomoni — undagi tortishuvlardir. Qarama-qarshilik sog‘lom ruhda o‘tdi. Aziz Haydarov va Vadim Abramov o‘z pozitsiyasini himoya qildi, PFL esa o‘zinikini. O‘FA rahbariyati bunda bir taraf bo‘lmadi, ikki tomon asoslarini eshitdi. Fikrlar qarama-qarshiligi bilan kechgan uchrashuv yakunida bir to‘xtamga kelindi.

Biroq bu hali hammasi emas. PFL endilikda Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klublar murabbiylari bilan stol atrofiga o‘tiradi va taqvimni himoya qiladi. Maqsad — 2020 yilgi mavsum davomida tur uchrashuvlarida o‘zgarishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Ayni vaqtda PFLni o‘ylantirayotgan faqat bir jihat bor. Bu haqda Tailandda o‘tadigan Osiyo chempionati U-23’dan keyin to‘xtalamiz, - dedi Diyor Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: Ayni vaqtda PFLni o‘ylantirayotgan faqat bir jihat bor