23:16 / 29.12.2019
2 639

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Dubaydagi so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazdi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Dubaydagi so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazdi
Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettirayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun BAA yig‘ini doirasidagi so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazdi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi BAA 1-divizioni vakili – Sharjaning “Al Hamriya” klubi bilan bahs olib borib, 3:0 hisobida zafar quchdi.

Qayd etish joiz, terma jamoamiz ushbu yig‘in doirasida bunga qadar 3 ta uchrashuv o‘tkazgan edi va ularning barchasida g‘alabaga erishdi. Olimpiyachilarimiz 1 yanvarga qadar mashg‘ulotlarni Dubayda davom ettirishadi va so‘ngra Tailandga yo‘l olishadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
“Al Hamriya” (BAA) - O‘zbekiston U-23 0:3
Gollar:
Azizjon G‘aniyev (23), Jasurbek Yaxshiboyev (81), Doston Ibragimov (90).

O‘zbekiston U-23: Abduvohid Ne’matov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullayev, Aziz G‘aniyev, Nurillo To‘xtasinov, Mirjahon Mirahmadov, Islom Kenjaboyev, Ilhom Alijonov, Husniddin Aliqulov, Sanjar Qodirqulov.

Zaxira: Nizom Ziyovutdinov, Mashxur Muhammadjonov, Dilshod Saitov, Sherzod Nasrullayev, Oybek Rustamov, Sharof Muhiddinov, Jasurbek Yaxshiboyev, Abror Ismoilov, Aziz Amonov, Oybek Bozorov, Doston Ibragimov, Bobur Abdixoliqov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Dubaydagi so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazdi