00:02 / 30.12.2019
2 421

Manening goli "Liverpul"ga "Vulverxempton" ustidan g‘alaba keltirdi

Manening goli "Liverpul"ga "Vulverxempton" ustidan g‘alaba keltirdi
Angliya Premer-ligasi 20-turidan o‘rin olgan "Liverpul" hamda "Vulverxempton" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"Enfild" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdagi yagona gol 42-daqiqada Sadio Mane tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, "qizillar" hisobidagi ochkolar soni 55 taga yetdi va turnir jadvalidagi peshqadamlikni davom ettiradigan bo‘lishdi. Eng yaqin ta’qibchi "Lester" bilan oradagi ochkolar soni 13 taga yetdi.

Liverpul – Vulverxempton 1:0
Gol:
1:0 – 42 Mane.
Liverpul – Alisson, van Deyk, Robertson, Gomes, Aleksander-Arnold, Xenderson, Veynaldum (Milner, 86), Lallana (Keyta, 67), Mane, Salax, Firmino (Origi, 86).
Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Kastro, Bennett, Kilmen, Ruben Vinagre, Dendonker (Traore, 58), Moutinyu, Netu, Ruben Nevesh (Saiss, 58), Koudi, Diogu Jota (Ximenes, 72).
Ogohlantirish: Lallana (45).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Manening goli "Liverpul"ga "Vulverxempton" ustidan g‘alaba keltirdi