06:30 / 31.12.2019
2 347

"Liverpul" dunyoning eng yaxshi jamoasi deb topildi

"Liverpul" dunyoning eng yaxshi jamoasi deb topildi
Xalqaro sport nashrlari assotsiatsiyasi 2019 yilning eng yaxshi jamoasini aniqlash bo‘yicha maxsus so‘rovnoma o‘tkazdi.

So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Liverpul” yakunlanib borayotgan yilda sayyoramizning eng yaxshi jamoasi deb topildi. Bu yil Chempionlar ligasi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan Yurgen Klopp jamoasi 30,21% ovoz to‘pladi.

Reytingning kuchli uchligidan AQSH ayollar terma jamoasi hamda regbi bo‘yicha JAR terma jamoasi joy oldi.
Dunyoning 2019 yildagi eng yaxshi jamoalari Top-10:
1. "Liverpul" (futbol, erkaklar) – 30,21%
2. AQSH (futbol, ayollar) – 17,9%
3. JAR (regbi, erkaklar) – 14,44%
4. Braziliya (voleybol, erkaklar) – 8,88%
5. "Dyori Audi" (gandbol, ayollar) – 5,79%
6. Daniya (gandbol, erkaklar) – 4,59%
7. Norvegiya (biatlon) – 3,89%
8. Italiya (vodnoye polo, erkaklar) – 3,79%
9. Ispaniya (basketbol, ayollar) – 3,26%
10. Yaponiya (dzyudo) – 2,43%

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Liverpul" dunyoning eng yaxshi jamoasi deb topildi