07:14 / 01.01.2020
3 040

O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etadi
Bilasiz, 2020 yilning sentabr-oktabr oylarida Bahraynda U-16 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik doirasida bir qator xalqaro musobaqa va o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.

Jumladan, 19-25 yanvar kunlari oralig‘ida Belarus poytaxti Minsk shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida xalqaro musobaqa o‘tkaziladi. Unda Islandiya, Isroil, Gruziya, Tojikiston, Belarus, Belgiya, Finlandiya hamda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

“A” guruhi: Belarus, Finlandiya, Belgiya, O‘zbekiston.

1-tur
19 yanvar

Belarus – O‘zbekiston

2-tur
21 yanvar

Belgiya – O‘zbekiston

3-tur
23 yanvar

O‘zbekiston – Finlandiya

25 yanvar
5-o‘rin uchun o‘yin
3-o‘rin uchun o‘yin
Final

Musobaqaning barcha uchrashuvlari Minskdagi futbol manejida o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etadi