Tailand yashil maydonlarida o‘tadigan Osiyo chempionati start olishiga ham sanoqli kunlar qoldi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bahs olib boradi.
Terma jamoamiz yetakchilaridan biri Bobir Abdixoliqov O‘FA rasmiy saytiga musobaqa oldi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Terma jamoamiz Osiyo chempionatiga tayyor. Bugunga qadar ko‘plab yig‘inlar, o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etdik. Endi oldinda bizni mas’uliyatli uchrashuvlar kutib turibdi. Guruhimiz ancha kuchli terma jamoalardan tashkil topgan. Har bir raqibni hurmat qilamiz, lekin ulardan aslo qo‘rqayotganimiz yo‘q. Maqsadimiz – Osiyo chempioni bo‘lish, shuning uchun ham musobaqadan faqat ijobiy natijalarni kutyapman. O‘z o‘rnida men ham ko‘proq gol urib, terma jamoamiz g‘alabalariga xissa qo‘shish niyatidaman, - dedi mahoratli futbolchi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?