09:03 / 04.01.2020
2 312

Ro‘ziqul Berdiyev: Ko‘rikda bo‘lgan legionerlar, Murtozayev va Abduraimov masalasi hamda xorijiy yig‘in haqida

Ro‘ziqul Berdiyev: Ko‘rikda bo‘lgan legionerlar, Murtozayev va Abduraimov masalasi hamda xorijiy yig‘in haqida
Xabaringiz bor, Qarshining “Nasaf” jamoasi dekabr oyida o‘z qarorgohida yig‘in o‘tkazgandi.
Unda bir qator xorjilik futbolchilar ishtirok etganiga guvoh bo‘ldik. “Ajdarlar”ning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida Rossiya, Armaniston, Burkina Faso va ivuarlik futbolchilar ko‘rikdan o‘tishdi. Muxlislarga yaxshi ma’lumki, “Nasaf” bungacha ko‘pincha legionerlarni tanlashda adashmagan.

Bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev bilan suhbatlashganimizda, xorijlik futbolchilarning qay tariqa kelgani haqida aytib berdi.
- Haqiqatdan ham dekabr oyida tashkil etgan dastlabki yig‘inimizda bir nechta legionerlar kelib ko‘rikda bo‘ldi. Ular o‘z ixtiyori bilan ko‘rikdan o‘tish uchun kelishdi. Agarda harakatlari ma’qul kelsa jamoamizda olib qolish sharti bilan tashrif buyurishgan. Buning uchun ular bor imkoniyatlarini ishga solib, o‘zlarini ko‘rsatish uchun xarakat qilishdi. Har yili xorijlik futbolchilarni tanlashda ehtiyotkorroq bo‘lishga urinamiz. Sababi legioner futbolchi mahalliy o‘yinchilarimizdan kamida bir kalla ustun bo‘lishi shart. Shuning uchun xorijliklar bo‘yicha yakuniy qarorga kelishga shoshilmaymiz.

Mamlakatimizda transfer oynasi ochilgach, “Nasaf” klubining bir qator yetakchi o‘yinchilariga xaridorlar ko‘payib ketgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bu bo‘yicha Ro‘ziqul Sa’dullayevich quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
- Ochig‘ini aytganda, yetakchi futbolchilarimizga boshqa klublardan qiziqishlar bo‘layotgani rost. Lekin deyarli hamma futbolchilarning jamoa bilan amalda shartnomasi mavjud. Shuning uchun ularni faqat transfer qilishimiz mumkin. Bu tashkiliy masalalarni klub rahbariyati hal qiladi. Agarda rahbariyat qaysidir futbolchimizni sotish orqali jamoa hisob-raqamiga pul tushirsa bundan xafa bo‘lish kerak emas. Qolgan imkoniyatimizdan kelib chiqib ishni davom ettiramiz.

“Nasaf” har yili qishda Superliganing boshqa klublaridan 2-3 nafar o‘yinchini tarkibga qo‘shib olib seleksiyani yakunlaydi. Xo‘sh, bu yil Berdiyev boshqa klublardan qaysi futbolchilarni ko‘z ostiga olib qo‘ydi?
- Mahalliy futbolchilardan o‘yinimizga mos tushayotganini ko‘rib, bilib yuribmiz. Lekin bu masala rahbariyat bilan bo‘ladigan suhbatdan keyin aniq bo‘ladi. Balki klub rahbari oldimizga akademiya tarbiyalanuvchilari bilan ishlashni vazifa qilib belgilab berar.

2019 yilgi mavsumda “Mash’al”dan ijara asosida olib kelingan Sardor Abduraimov bilan Humoyun Murtozayevni yana “gazchilar” safiga qaytishi bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Bu haqda “Nasaf” ustozidan so‘raganimizda quyidagilarni bildirdi.
- Abduraimov bilan Murtozayev dekabr oyida tashkil etgan yig‘inimizda ishtirok etdi. Har ikki klub rahbarlari ushbu futbolchilarning keyingi taqdiri bo‘yicha muzokara o‘tkazishmoqda. Murtozayev va Abduraimov yangi mavsumda ham jamoamizda qolishini istardim.

Bundan tashqari “ajdarlar” ustozi xorijda yig‘in o‘tkazib qaytish bo‘yicha ham ma’lumot berdi.
- 3 yanvardan Qarshida jamoani yig‘amiz va tayyorgarlikka kirishiladi. Rejaga ko‘ra, fevral oyida Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelishni mo‘ljallab turibmiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: Ko‘rikda bo‘lgan legionerlar, Murtozayev va Abduraimov masalasi hamda xorijiy yig‘in haqida