21:30 / 05.01.2020
2 656

Shomurodov «Rostov»ning XXI asrdagi ramziy jamoasidan o‘rin oldi

Shomurodov «Rostov»ning XXI asrdagi ramziy jamoasidan o‘rin oldi
Rossiyaning «Sport-Ekspress» nashri joriy mavsum kashfiyoti bo‘lib turgan «Rostov» klubining so‘nggi 20 yillikdagi ramziy jamoasini tuzdi.

Quvonarlisi, «Rostov»ning XXI asrdagi ramziy jamoasidan «Rostov» klubining ayni damdagi to‘purari Eldor Shomurodov ham joy olgan. O‘zbekistonlik forvard hujum chizig‘ida faoliyatini «Rostov»da yakunlagan Dmitriy Kirichenko bilan tandem hosil qilgan.

«CE» talqiniga ko‘ra, «Rostov»ning 21-asrdagi ramziy jamoasi:
Darvozabon: Stipe Pletikosa (Xorvatiya)
Himoyachilar: Timofey Kalachev (Belorus), Sesar Navas (Ispaniya), Metyu But (JAR), Dushan Andjelkovich (Serbiya).
Yarimhimoyachilar: Aleksandr Gatskan (Moldova), Mixail Osinov (Rossiya), Kristian Noboa (Ekvador), Aleksey Ionov (Rossiya).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov (O‘zbekiston), Dmitriy Kirichenko (Rostov).

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov «Rostov» safida jami 63 o‘yinda 15ta gol va 8ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov «Rostov»ning XXI asrdagi ramziy jamoasidan o‘rin oldi