22:41 / 06.01.2020
2 925

O‘zbekiston «Yilning eng yaxshi boks mamlakati» deya e’tirof etildi

O‘zbekiston «Yilning eng yaxshi boks mamlakati» deya e’tirof etildi
Sport bo‘yicha xorijning nufuzli nashrlaridan biri O‘zbekistonni «Yilning eng yaxshi boks mamlakati» deya e’tirof etdi.
Angliyaning thefight-site.com sport sayti o‘z maqolasida havaskor boksda dunyoning eng yaxshi sportchilari va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha kuchlilar nomini e’lon qildi.

E’tiborlisi, boks bo‘yicha turli yo‘nalishlarning g‘oliblari sifatida o‘zbekistonlik bokschilar e’tirofga sazovor bo‘lishdi.

Maqola muallifi Teylor Uxigginsning keltirishicha, «Yil bokschisi», deya Osiyo va jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov e’tirof etilgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarda kubalik Endi Kruz Gomes va Bahodir Jalolov nomlari qayd etilgan.

Jahon boksida «Qiziqarli janglar olib boruvchi» sifatida hamyurtimiz Abdumalik Halakov keltirilgan. «Yil nokauti» sifatida esa Bahodir Jalolovning Richard Torres ustidan qozongan g‘alabasi ko‘rsatilgan.

Ushbu maqola so‘ngida O‘zbekiston – «Yilning eng yaxshi boks mamlakati» deya e’tirof bilan yakunlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston «Yilning eng yaxshi boks mamlakati» deya e’tirof etildi