07:31 / 08.01.2020
2 720

Ibragimovich Pyontekni "Milan"dan ketishga majbur qildimi?

Ibragimovich Pyontekni "Milan"dan ketishga majbur qildimi?
"Milan" forvardi Kshishtof Pyontek tez orada jamoadan ketadi. Bu haqda Sportmediaset nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 24 yoshli polshalik futbolchi jamoaga Zlatan Ibragimovich kelgach u bilan asosiy tarkib uchun bo‘ladigan kurashda yutib chiqa olmasligiga ishonmoqda va shu bois boshqa jamoaga ketishga qaror qilgan.

O‘z navbatida “rossonerilar” ham uni qo‘yib yuborishga tayyor. Milanliklar uni 32 mln yevroga baholashmoqda.

Pyontek uchun "Vest Xem", "Bayer", "Aston Villa", "Roma", "Kristal Pelas", "Jenoa" va "Tottenxem" klublari kurash olib borishmoqda. Biroq, ular orasida “bolg‘achilar”ning imkoniyati yuqori baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ibragimovich Pyontekni "Milan"dan ketishga majbur qildimi?