20:33 / 11.01.2020
2 355

«Barselona» Valverdeni ishdan bo‘shatadi. Uning o‘rniga Xavi olib kelinadi

«Barselona» Valverdeni ishdan bo‘shatadi. Uning o‘rniga Xavi olib kelinadi
«Barselona» 2019/20 yilgi mavsum so‘ngida jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde bilan xayrlashishga qaror qildi, deb yozadi AS.
Valverdening jamoa bilan qayd etayotgan qoniqarsiz natijalari klub rahbariyatiga ma’qul kelmayapti va mavsum so‘ngida uning jamoadan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan.

Kataloniyaliklar Valverdening o‘rniga keladigan murabbiy nomzodi borasida ham bir qarorga kelgan. Klub safida 1998—2015 yillarda faoliyat olib borgan, hozirda Qatarning «As-Sadd» klubiga ustozlik qilayotgan Xavi Ernandes yozda «Barselona» ustoziga aylanishi mumkin. Xaviga hoziroq jamoani qabul qilib olishi uchun 2,5 million yevrolik taklif yuborgan. Biroq uning o‘zi mavsum so‘ngida jamoani qabul qilishi mumkinligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Valverdeni ishdan bo‘shatadi. Uning o‘rniga Xavi olib kelinadi