16:32 / 12.01.2020
2 211

Xavi borasidagi qaror bugun hal bo‘ladi

Xavi borasidagi qaror bugun hal bo‘ladi
"Al Sadd" bosh murabbiyi Xavi bugun "Barselona" boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi yoki olmasligi borasida qaror qabul qilishi kerak.

Kataloniyaliklar bosh direktori Oskar Grau va sport direktori Erik Abidal bugun Xavi bilan so‘nggi uchrashuvni o‘tkazishadi. Ular Xavini yanvardayoq "Barselona"ga qaytarishni istashmoqda. Biroq Xavi yozda "Barselona"ga qaytishni rejalashtirmoqda.

Valverdening "Barselona"da qolishi esa Xavining qaroriga bog‘liq. Agarda u bugun "Barselona"ga qaytishni istasa, dushanba kuni Valverdening iste’fosi e’lon qilinadi.

Biroq "Al Sadd" ham Xavini ushbu mavsum yakuniga qadar qo‘yib yuborishni istamayapti. Shu boisdan Xavi yozdagina klubga qaytishi mumkin.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi borasidagi qaror bugun hal bo‘ladi