09:30 / 13.01.2020
2 184

«Real» Ispaniya Superkubogi sohibi bo‘ldi

«Real» Ispaniya Superkubogi sohibi bo‘ldi
Ispaniya Superkubogi finali doirasida «Real» – «Atletiko» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra Zinedin Zidan shogirdlari qiyinchilik bilan Superkubokni qo‘lga kiritdi.

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan bahsda asosiy vaqt 0:0 hisobidagi durang bilan yakun topdi. Shuningdek, qo‘shimcha bo‘limlarda ham nursiz durang saqlanib qoldi.

115-daqiqada «matraschilar» oldinga o‘tib olishlari mumkin edi, biroq darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan Alvaro Moratani Federiko Valverde qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi va qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.
Penaltilar seriyasida esa omad «Real»ga kulib boqdi.

Ispaniya Superkubogi, final
«Real» Madrid – «Atletiko» 0:0 (penalti – 4:1)


«Real» Madrid – Kurtua, Karvaxal, Ramos, Mendi, Varan, Isko (Rodrigo, 60), Kroos (Vinisius Junior, 103), Kazemiro, Valverde, Modrich, Yovich (Mariano Dias, 83).
«Atletiko» – Oblak, Ximenes (Savich, 98), Tripper, Felipe, Lodi (Lorente, 89), Errera (Vitolo, 56), Saul, Korrea, Tomas, Joau Feliks (Aryas, 101), Morata.

Ogohlantirishlar: Felipe (27), Tomas (74), Mendi (90), Modrich (90), Valverde (111), Ximenes (111), Korrea (115), Karvaxal (115), Savich (115).
Chetlatish: Valverde (115).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» Ispaniya Superkubogi sohibi bo‘ldi