Serbiya poytaxti Belgraddagi ta’tili davomida Dragan Cheran «Mozzartspor» nashriga intervyu berib, serb jurnalistlariga klub homiysi, budjeti va transfer qiziqishlari haqida gapirib berdi.
«Paxtakor» klubini kim moliyalashtiradi?» - deya berilgan savolga 32 yoshli forvard quyidagicha javob berdi:
«Bosh homiy – Alisher Usmonov. U rossiyalik milliarder bo‘lsa-da, O‘zbekistonda tug‘ilgan. Bir necha yil avval Londonning «Arsenal» klubidagi ulushini 600-700 million yevroga sotgandi. Usmonov «Paxtakor»ning bosh homiysi sanalsa-da, klubga deyarli kelmaydi – o‘zi tayinlagan odamlar orqali boshqaradi. Klubning yillik budjeti hozirda 20 million yevroni tashkil etmoqda. Jamoa marketing borasida ham ishlarni boshlab yuborgan.
Imkonqadar ko‘proq homiylarni jalb qilishmoqda. Siz yaxshi o‘ynashda davom etsangiz, homiylar topilaveradi. Biz O‘zbekistonda barcha sovrinlarni yutdik va yaxshi homiylarga ega bo‘ldik. Ular Adebayor, Obi Mikel singari taniqli futbolchilarga qiziqayotganliklari haqida xabarlar bor. Chindanam, ular bu ikki futbolchini taklif etmoqchi. Shaxsan bosh murabbiy Shota Arveladze bu futbolchilarni tarkibda ko‘rmoqchi» - deydi Dragan Cheran suhbat davomida.
Eslatib o‘tamiz, Dragan Cheran 2019 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, «Superliganing eng yaxshi futbolchisi» deya e’tirof etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi