10:37 / 15.01.2020
2 673

Davron Fayziyev o‘yin oldidan: Shunday masalalarda murabbiylarimizning boshi doim og‘risin

Davron Fayziyev o‘yin oldidan: Shunday masalalarda murabbiylarimizning boshi doim og‘risin
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun “C” guruhida so‘nggi 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Jumladan, muxlislarning e’tibori O‘zbekiston - Janubiy Koreya bahsiga qaratilgan.

O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev telegramdagi o‘zining sahifasida uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Vaziyat oddiy, matematika qilmasayam bo‘ladi, yutasan va guguhda birinchi o‘rinni olasan. Mabodo nimadir o‘xshamasa, shunchaki yutqazmaysan. Bizgaku oddiy, bollar esa 90 minut jang qilmasa bo‘lmaydi. Koreya bilan bir mehmonxonada, bir joyda ovqatlanamiz. Hammasi novcha, baquvvat yigitlar. Ularga qarshi mobillik va tezlik, to‘pni pastlatib o‘ynasa bo‘ladi.

O‘ylashimcha, koreyalik murabbiy turnirdagi asosiy raqobatchisini bugunning o‘zida qoqiltirishga urinib ko‘radi. Bizda katta rotatsiya qilinmasa kerak. Balki raqibning xususiyati va futbolchilarimiz fizik holatidan kelib chiqib Drulovich 1-2 pozitsiyani yangilar. Menga va o‘ylaymanki ko‘pchilikka qiziq, fantazist pozitsiyasida Bozorov yoki To‘xtasinovdan qay biri tushishi. Shunday masalalarda murabbiylarimizning boshi doim og‘risin. Tanlov bo‘lsin. Raqobat bo‘lsin. Bu yigitlar nega bunday darajada? Chunki shuni orzu qilgan boshqa sonminglar orasidan yorib chiqqan. Buyog‘igayam shu o‘rni uchun xavotirli muhit saqlanib qolishi muhim. Har bir jamoada. Omad, bollar!
, - dedi Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev o‘yin oldidan: Shunday masalalarda murabbiylarimizning boshi doim og‘risin