19:13 / 15.01.2020
3 290

«Paxtakor» «Bayer» sobiq hujumchisi bilan shartnoma tuzadi

«Paxtakor» «Bayer» sobiq hujumchisi bilan shartnoma tuzadi
Foto: Getty Images
Toshkentning «Paxtakor» klubi Shveysariya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Eren Derdiyok bilan shartnoma tuzadi. Bu haqda turkiyalik jurnalist Levent Umit Erol Instagram’dagi sahifasida xabar bermoqda.

Hozirda Turkiyaning «Go‘ztepe» klubi sharafini himoya qilayotgan futbolchi ushbu mavsumda 9 o‘yinda 3ta golga mualliflik qilgan. Transfermarkt’ga ko‘ra, futbolchining transfer bahos 350 ming yevroni tashkil etadi.

Asli turk millatiga mansub shveysariyalik hujumchi oldin ham Shota Arveladze qo‘l ostida «Kasimpashsha» klubida to‘p surgan. Endi futbolchi gruziyalik mutaxassis bosh murabbiyligida O‘zbekiston klubida to‘p surishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli hujumchi bungacha «Old Boyz», «Bazel», «Bayer», «Xoffenhaym» klublarida ham to‘p surgan. Hujumchi Shveysariya milliy jamoasi safida 60 o‘yinda 11ta gol muallifiga aylangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» «Bayer» sobiq hujumchisi bilan shartnoma tuzadi