Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida guruh bosqich uchrashuvlari yakunlanib, chorak finalga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Xabaringiz bor, kecha Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston OTJ «S» guruhida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilgan edi.
Reglamentga ko‘ra vakillarimiz «D» guruhi g‘olibi yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishi belgilangan. Biroz avval yakunlangan 3-tur uchrashuvlaridan so‘ng BAA jamoasi kvartet peshqadamligini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa yigitlarimiz 19 yanvar kuni chorak final bahsida BAA jamoasiga qarshi Bangkokda bahs olib boradigan bo‘ldi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi.
Chorak finalning barcha juftliklari:
1. Avstraliya – Suriya
2. Janubiy Koreya – Iordaniya
3. Saudiya Arabistoni – Tailand
4. BAA – O‘zbekiston
Eslatib o‘tamiz, Olimpiya terma jamoamiz chorak finaldan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, final yo‘llanmasi uchun Saudiya Arabistoni va Tailand jamoalari o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi kurash olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?