14:47 / 23.01.2020
2 531

"Navbahor"da ko‘rikdan o‘tayotgan legionerlar Kanchelskisga ma’qul kelmadi

"Navbahor"da ko‘rikdan o‘tayotgan legionerlar Kanchelskisga ma’qul kelmadi
Xabaringiz bor, “Navbahor”da bir qator xorijlik futbolchilar ko‘rikdan o‘tishayotgandi. Shuningdek, ular safiga 21 yanvar kuni misrlik hujumchi ham qo‘shilgandi.

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirayotgan “lochinlar” 22 yanvar kuni Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishdi. Qo‘qonliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan mazkur nazorat-sinov bahsida “Navbahor” ustozi Andrey Kanchelskis legionerlarni maydonga tushirib, yana bir marta ularni sinovdan o‘tkazdi. Ushbu o‘rtoklik uchrashuvidan so‘ng, Kanchelskis barcha xorijlik futbolchilarga javob berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Demak, jamoa ko‘rigida bo‘lgan xorvatiyalik Vilim Posinkovich, rossiyalik Artyom Sherbak, turkmanistonlik Vaxit Orazsaxedov va misrlik Mustafo Afroto “Navbahor” qarorgohini tark etishdi.
Namanganliklarning 25 yanvardan Turkiyada boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga esa bir qator top-legionerlarning qo‘shilishlari kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor"da ko‘rikdan o‘tayotgan legionerlar Kanchelskisga ma’qul kelmadi