00:43 / 25.01.2020
2 943

Avstraliya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekiston – juda kuchli raqib"

Avstraliya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekiston – juda kuchli raqib"
U-23 Osiyo chempionati 3-o‘rin uchun uchrashuvida Avstraliya hamda O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.
O‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida avstraliyaliklar ustozi Grem Arnold quyidagicha fikr bildirdi:

- Yigitlar chorak final hamda Janubiy Koreyaga qarshi kechgan yarim final o‘yinidan keyin tiklanib ulgurishdi. Jamoamiz ham ruhan, ham jismonan yaxshi holatda, deya olaman. Biz oldindagi o‘yinni intiqib kutyapmiz. Musobaqaning ushbu bosqichida kuchsiz jamoa qolmagan. O‘zbekiston – juda kuchli raqib.

Biz yana bittagina o‘yinni yaxshi darajada o‘tkazishimiz kerak. Shuning o‘zi ham Olimpiadaga chiqish uchun yetarli bo‘ladi.
Biz o‘yinga 2 xil uslubda tayyorlandik. To‘p bizda bo‘lgan holatlar uchun va yana to‘psiz vaziyatlarda qanday harakatlanish bo‘yicha hozirlik ko‘rdik. O‘zbekistonning kuchli tomonlarini yopib, kuchsiz jihatlaridan unumli foydalanishga urinamiz.

Men shu yoshdagi yigitlar bilan ham ishlashga rozilik berdim. Sababi ularni milliy terma jamoaga tayyorlab bormoqchiman. Biz – murabbiylar shtabi yigitlarning Olimpiadada ham qatnashishini istayapmiz. Zero ushbu musobaqa – muhimligi jihatidan Jahon chempionati darajasida, menimcha, - dedi murabbiy.

Manba: ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Avstraliya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekiston – juda kuchli raqib"