23:05 / 30.01.2020
2 660

«Liverpul» o‘z tarixida ilk bor APL bir mavsumida barcha jamoani mag‘lub etdi

«Liverpul» o‘z tarixida ilk bor APL bir mavsumida barcha jamoani mag‘lub etdi
«Liverpul» futbol bo‘yicha Angliya Premer-Ligasining qoldirilgan bahsida «Vest-Hem»ni mag‘lub etdi (2:0).
«Qizillar» Angliya chempionatining joriy mavsumida har bir raqibni kamida bir martadan yengishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday ko‘rsatkich «Liverpul» tarixida ilk bor kuzatildi.

Unga qadar bu natijaga «Chelsi» (2005/06 yilgi mavsumda), «Manchester Yunayted» (2010/11 va 2017/18) hamda «Manchester Siti» (2017/18 va 2018/19) kabi jamoalar erishgan.

«Liverpul» ushbu mavsumda Premer-Ligadagi 24 uchrashuvning 23 tasida g‘alaba qozondi. Mersisayd klubi faqat «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan safar o‘yinida durang (1:1) qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» o‘z tarixida ilk bor APL bir mavsumida barcha jamoani mag‘lub etdi