09:13 / 01.02.2020
2 293

«Barselona» braziliyalik o‘yinchini sotib oldi

«Barselona» braziliyalik o‘yinchini sotib oldi
Foto: Barselona
«Barselona» «Palmeyras» yarimhimoyachisi Mateus Fernandesni sotib olganini e’lon qildi.
Kataloniya klubi 21 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 7 mln yevro to‘laydi, bu qiymat bonuslar hisobiga 10 mlnga yetishi mumkin.

Fernandes bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. Tovon puli esa 300 mln yevro etib belgilandi. Futbolchi yangi jamoasiga 2020 yil 1 iyuldan qo‘shiladi.
Yarimhimoyachi 2019 yilgi mavsumda Braziliya chempionatida 11ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» braziliyalik o‘yinchini sotib oldi