23:58 / 01.02.2020
3 330

Xonaboddagi boks oqshomi nokautlarga boy bo‘ldi

Xonaboddagi boks oqshomi nokautlarga boy bo‘ldi
Bugun Andijon viloyatining Xonabod shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi.
Unda mahalliy bokschilardan tashqari Kuba, Rossiya, Qirg‘iziston va Gruziya davlatlaridan mahoratli charm qo‘lqop ustalari ringga ko‘tarilishdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan janglarda quyidagi natijalar qayd etildi:

69,8 kg
Hojiakbar Qodiroxunov (Toshkent)
– Javlonbek Dedaxanov (Namangan)
Qodiroxunov dastlabki raunddayoq raqibini nokautga uchratdi.

61,2 kg
Shukrullo Vohidov (Andijon)
– Dildorbek Nurmatov (Andijon)
Vohidov 2-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

76,2 kg
Sherali Mamajonov (Andijon)
– Hokim Karimov (Andijon)
To‘liq 6 raund davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra Mamajonov g‘olib deb topildi.

+90,8 kg
Obidjon Tohirov (Farg‘ona)
– Zuhriddin Abdullajonov (Qirg‘iziston)
Tohirov raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi va 1-raundning o‘zidayoq uni nokautga uchratdi.

76,2 kg
Islom Mo‘minov (Andijon) – Otabek Turdixo‘jayev (Andijon)
4 raundlik jangda hakamlar bir ovozdan Turdixo‘jayevning g‘alabasini e’lon qilishdi.

69,8 kg
Timur Mirjanov (Toshkent)
– Muhammadyusuf Akbarov (Qirg‘iziston)
Hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko‘ra raqibidan ustun keldi.

79,5 kg
Abduhamid Hakimov (Toshkent)
– Karen Avenisyan (Rossiya)
Hakimov tajribali raqibini ochkolar hisobiga yengdi.

76,2 kg
Dostonbek Turdiyev (Andijon)
– Anvar Nasreddinov (Toshkent)
Shiddatli kechgan jangda hakamlar andijonlik bokschini g‘olib deb topishdi.

69,8 kg
Luis Bayona (Kuba)
– Temuras Abuladze (Gruziya)
Okean ortidan tashrif buyurgan Bayona gruziyalik raqibini dastlabki raunddayoq texnik nokaut evaziga taslim qildi.

57,1 kg
Abdulaziz Najmiddinov (Andijon)
– Muntoxiddin Azimov (Qirg‘iziston)
Mezbon bokschi muxlislarning olqishlaridan ruhlangan holda raqibini birinchi raundning o‘zidayoq ringga qulatdi.

90,8 kg
Periz Lenar (Kuba) – Mixail Xudsishvili (Gruziya)
Kubalik bokschi gruziyalik raqibini 2-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi.

WBC CISBB kamari uchun chempionlik janggi
Vladimir Saruxanyan (Rossiya)
– Ruslan Berchuk (Rossiya)

Kechaning markaziy janggida ikkita rossiyalik bokschi o‘zaro ringga ko‘tarildi. 12 raund davom etgan chempionlik janggida yaqqol ustunlik qilgan Saruxanyan kamarni o‘ziniki qilib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xonaboddagi boks oqshomi nokautlarga boy bo‘ldi