14:05 / 03.02.2020
2 524

Kiki Seten: “Levante”ga qarshi o‘yin 8:3 hisobida tugashi mumkin edi”

Kiki Seten: “Levante”ga qarshi o‘yin 8:3 hisobida tugashi mumkin edi”
“Barselona” ustozi La Liga 22-turida “Levante” (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi.
Ko‘plab jihatlardan mamnunman, biroq hammasidan emas. Bizda juda ko‘plab zarbalarni o‘tkazib yubordik. Birinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdik, ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda esa biroz nazoratni yo‘qotdik va gol o‘tkazib yubordik. Ammo jamoaviy mehnat yaxshi bo‘ldi. Meni raqibga ko‘proq imkoniyat berayotganimiz tashvishga solmoqda. Bu esa bizni ko‘proq gol urishga majbur qilmoqda. Bizda ko‘p vaziyatlar bo‘ldi. Ushbu o‘yin 8:2 yoki 8:3 hisobida tugashi mumkin edi”, — deydi Seten.

Shuningdek, “Barselona” ustozi “Levante”ga ikkita gol urgan Ansu Fati haqida gapirib o‘tdi.
Fati o‘sishda davom etmoqda, uning potensiali yuqori. U hammasini yaxshi bajarmoqda. “Levante”ga qarshi bahs uning uchun tarixiy kun (Fati La Liga tarixida dublga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi) bo‘ldi. Uning himoyadagi harakatlari ham jamoa uchun foydali va muhim bo‘ldi”, — deydi Seten.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kiki Seten: “Levante”ga qarshi o‘yin 8:3 hisobida tugashi mumkin edi”