12:18 / 03.02.2020
3 009

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda yig‘in tashkil etadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda yig‘in tashkil etadi
Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi saralash bosqichi “D” guruhida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 1-pog‘onasini egallab turganidan xabaringiz bor.

2020 yilda bosh jamoamizni mazkur saralash bosqichi doirasidagi 3 ta juda muhim o‘yin kutib turibdi. Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31 mart kuni Yaman mehmoni bo‘lishadi.

Ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik olib borish maqsadida terma jamoamiz fevral oyida BAAda yig‘in o‘tkazishi haqida oldinroq ma’lumot bergan edik.

Bosh jamoamiz 18-24 fevral kunlari Dubayda yig‘in tashkil yetadi. Mazkur yig‘in doirasida Belarus terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi. O‘yin 23 fevral kuni Dubayda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda yig‘in tashkil etadi