20:03 / 04.02.2020
2 639

Azamat Abduraimov O‘zbekiston U-16 bosh murabbiyligidan ketdi

Azamat Abduraimov O‘zbekiston U-16 bosh murabbiyligidan ketdi
Foto: O‘FA
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimini tark etdi.
2018 yilning mart oyidan buyon O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Abduraimov 4 fevral kuni iste’foga chiqish bo‘yicha ariza yozdi, deya xabar qilmoqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining yangi murabbiyi nomi yaqin kunlar ichida ma’lum qilinadi.
Avvalroq Abduraimov boshchiligidagi jamoa Belarus poytaxti Minskda tashkil etiladigan «Rivojlanish kubogi—2020» musobaqasida ishtirok etgan va unda so‘nggi, 8-o‘rinni egallagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Azamat Abduraimov O‘zbekiston U-16 bosh murabbiyligidan ketdi