06:00 / 05.02.2020
4 015

Eron klublari OCHL o‘yinini "Bunyodkor" stadionida o‘tkazishni xohlamoqda. Ammo...

Eron klublari OCHL o‘yinini "Bunyodkor" stadionida o‘tkazishni xohlamoqda. Ammo...
Eron klublari mamlakatdagi siyosiy vaziyat tufayli OCHLdagi o‘yinlarini boshqa davlatda o‘tkazishi mumkin. Ayni paytda eronliklarning o‘yinlarini ko‘chirish borasida tortishuvlar davom etmoqda. Eron klublariga guruh bosqichidagi dastlabki 3 ta uchrashuvni safarda o‘tkazishga ruxsat berilgan. Ammo bu barcha klublarga ham tegishli emas.

"Persepolis" va "Sepaxon" guruh bosqichidagi 3-turni o‘tkazish uchun neytral maydon qidirmoqda. Bu borada "Sepaxon" xalqaro talablarga javob beradigan Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o‘yin o‘tkazishni xohlamoqda. Bu haqda Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.

Biroq "Sepaxon" klubi vakillarining aytishicha, "Bunyodkor" maydoni 3 martgacha tayyor bo‘lmaydi. Shu bois jamoa boshqa stadion qidirishiga to‘g‘ri keladi. Qarshidagi "Markaziy" stadion Eron klublarining OCHLdagi o‘yinlarini qabul qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron klublari OCHL o‘yinini "Bunyodkor" stadionida o‘tkazishni xohlamoqda. Ammo...