14:40 / 08.02.2020
3 066

“Paxtakor”ning “Shabab Al Ahli”ga qarshi o‘yinlari qanday natijalar bilan yakunlangan?

“Paxtakor”ning “Shabab Al Ahli”ga qarshi o‘yinlari qanday natijalar bilan yakunlangan?
10 fevral kuni Chempionlar ligasidagi o‘yin bilan "Paxtakor" jamoasi 2020 yilgi mavsumni boshlaydi.

Ketma-ket uchinchi mavsum “Paxtakor” mavsumni xalqaro maydondagi ishtiroki bilan boshlab beradi. Ilk o‘yin bu safar BAAning eng kuchli jamoalaridan biri, ayni paytda o‘z chempionatida ishonch bilan peshqadamlik qilayotgan “Shabab Al Ahli” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Dubay shahrining ushbu klubi oxirgi yillarda mavqeini mustahkamlab, sovrinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

“Paxtakor” mazkur o‘yinga tayyorgarlik doirasida Toshkent va BAAning Abu Dabi amirligida o‘tgan yig‘in, shuningdek, nazorat uchrashuvlari o‘tkazdi. BAAdagi yig‘inda “Rostov” (1:1), “Jilina” (0:0) va “Suvon Samsung” (1:0) bilan bellashuvlar tashkil etildi. “Shabab Al Ahli” esa BAA chempionati uchrashuvlarida maydonga tushdi.

“Sherlar” bu raqibga qarshi 6 uchrashuvda maydonga tushgan. Ulardan ikkitasi “Shabab” va to‘rttasi “Ahli”ga qarshi o‘tkazilgan. Hozirgi jamoa ushbu klublar, shuningdek, “Dubay” jamoasi birlashuvidan tashkil topgan. “Shabab” bilan 1:0 va 1:2 hisoblari qayd etilgan. “Ahli” esa 3:2, 1:0, 2:1 va 2:0 hisoblarida dog‘da qoldirilgan. Demak, umumiy hisobda 6 bahsdan 5tasida toshkentliklar ustun kelishgan. Raqib darvozasiga 10 to‘p kiritilib, 5 gol o‘tkazib yuborilgan.

O‘yinni jamoalardan diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuborishga majbur futbolchilar mavjud emas.
“Paxtakor” va “Shabab Al Ahli” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 10 fevral, dushanba kuni 16:00da “Paxtakor” stadionida boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor”ning “Shabab Al Ahli”ga qarshi o‘yinlari qanday natijalar bilan yakunlangan?