15:00 / 08.02.2020
3 110

Alisher Nikimbayev shov-shuvli bahs haqida: "Biz murabbiyning xatolari tufayli mag‘lub bo‘lganmiz"

Alisher Nikimbayev shov-shuvli bahs haqida: "Biz murabbiyning xatolari tufayli mag‘lub bo‘lganmiz"
O‘zbekistonlik taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev o‘zining Telergamdagi kanalida o‘quvchilar savollariga javob berdi.
Savollardan biri quyidagicha edi:

- Xayrli kun, Alisher aka. Meni O‘zbekiston hamda BAA olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs qiziqtirmoqda, o‘sha uchrashuv kelishilganmidi? Bu savolni ko‘pchilikka berdim, ammo O‘zbekiston - Qatar (5:1) uchrashuvidan farqli o‘laroq, bu bahs haqida aniq javob ololmadim.

- Bu o‘yin kelishilgan deya olmayman, ammo shaxsiy fikrim - o‘sha bahs kelishilmagan. Federatsiya yoki terma jamoa rahbariyati bunga qo‘l urishi qiyin edi, chunki o‘sha g‘alaba qiymati juda baland bo‘lgan. Biz murabbiyning xatolari tufayli mag‘lub bo‘lganmiz.

Eslatib o‘tamiz, 2011 yil olimpiya terma jamoamiz London-2012 Olimpiada yo‘llanmasi uchun hal qiluvchi bahsda BAAga qarshi maydonga tushgan. Toshkentdagi JAR stadionida o‘tgan bahsda futbolchilarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozonayotib, o‘yinni 2:3 hisobida yakunlashgan va Olimpiada yo‘llanmasidan quruq qolishgan. O‘sha terma jamoani Vadim Abramov boshqargan edi.

Manba: t.me/ANikimbaev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Nikimbayev shov-shuvli bahs haqida: "Biz murabbiyning xatolari tufayli mag‘lub bo‘lganmiz"