18:33 / 08.02.2020
3 277

Ravshan Ermatov sport vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Ravshan Ermatov sport vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston sport vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Bugun Ermatov mamlakat sport vaziri Dilmurod Nabiyevning birinchi o‘rinbosari sifatida tanishtirilgan. Bu lavozimda hozirgacha Oybek Qosimov faoliyat olib borayotgan edi.

Ravshan Ermatov parallel tarzda O‘FA vitse-prezidenti sifatidagi faoliyatini ham davom ettiradi. Ermatov 2019 yil 14 iyundan buyon O‘FA vitse-prezidenti lavozimida ishlab keladi. O‘tgan yil 27 noyabrda OFKda maxsus tadbir o‘tkazilgan va unda Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunlagani e’lon qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov sport vaziri o‘rinbosari bo‘ldi