O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qilishicha, O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi IMMAF (Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi) tarkibiga kiritilgan.
«9 fevral kuni Nur-Sultonda Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi kengashining yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi tuzilib, uning rahbari etib O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov, vitse-prezident lavozimlariga esa Iskander Karim va Valixan Ten tayinlandi», deyiladi xabarda.
Anjuman yakunida Qozog‘istonda birinchi marta Aralash yakkakurash bo‘yicha Osiyo chempionati 2020 yilning iyun oyida o‘tkazilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning noyabrida O‘zbekistonda Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi tashkil etilgan, Otabek Umarov esa assotsiatsiya prezidenti etib saylangandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining ikkinchi kuyovi bo‘lgan Otabek Umarov 2019 yil martidan buyon Triatlon federatsiyasi raisi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring