12:35 / 10.02.2020
2 736

OCHL-2020: "Paxtakor"ning bugungi raqibi qanday jamoa?

OCHL-2020: "Paxtakor"ning bugungi raqibi qanday jamoa?
Birlashgan Arab Amirliklarining “Shabab Al Ahli” klubi 1970 yili mahalliy uchta klubning birlashishi natijasida tashkil etilgan. Klub prezidenti Xalifa Said Sulayman. Bosh murabbiy argentinalik Rodolfo Arrubarrena.

Ushbu mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida dastlab Janubiy Amerika klublarida ishlagan. Keyin 2016-2018 BAAning “Al Vasl”, 2018 yili qisqa vaqt Qatarning “Al Rayyan” va 2018 yildan shu kungacha BAAning “Shabab Al Ahli” jamoasiga ustozlik qilmoqda. Murabbiy sifatida u "Boka Xuniors" bilan 2015 yil Argentina chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, "Rayyan" bilan Qatarda va "Shabab Al Ahli" bilan BAAda kubok bahslarida zafar quchgan.

“Shabab Al Ahli” klubi uy uchrashuvlarini Dubaydagi “Al Rashid” stadionida o‘tkazadi. Ushbu o‘yingoh o‘z bag‘riga 18000 muxlisni sig‘dira oladi.
Jamoa BAAning 7 karra chempioni: 1974/75, 1975/76, 1979/80, 2005/06, 2008/09, 2013/14, 2015/16, 8 karra kubok sohibi: 1975, 1977, 1988, 1996, 2002, 2004, 2008, 2013. 4 bor BAA Liga Kubogi (2011–12, 2013–14, 2016–17, 2018–19), 4 marta BAA Superkubogi sohibi (2009, 2013, 2014, 2016).

2015 yili esa OCHL finalida ishtirok etgan. Dubayliklar hal qiluvchi bahsda Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubiga imkoniyatni boy berib qo‘yishgan. BAAdagi birinchi finalda hisob ochilmagan. Javob uchrashuvida esa mezbonlar Elkesonning yagona goli evaziga bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Ushbu uchrashuvni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib borgandi.

“Shabab Al Ahli” o‘tgan mavsum BAA Pro-ligasida 2-o‘rinni egallagandi. Bu mavsum esa turnir jadvalida birinchi o‘rinda ketmoqda. Dubayliklar hamyurtimiz Otabek Shukurov jamoasini 9 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Qolaversa, “Shabab Al Ahli” chempionatda 15 o‘yinda faqatgina bir marta mag‘lubiyatga uchragan xolos. Bu esa jamoa ancha yaxshi formada ekanligidan darak.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoa yaqindagina safini hamyurtimiz Aziz G‘aniyev bilan to‘ldirdi.
"Shabab Al Ahli"ning OCHL uchun ro‘yxati

Darvozabonlar

1. Jamol Ismoil
17. Hassan Hamza
55. Majid Nosir

Himoyachilar
2. Salmin Hamis
4. Muhammad Marzuq
5. Volid Abbos
9. Abdulaziz Haykal
13. Muhammad Sebil
18. Muhammad Ismoil
20. Yusuf Jaber
21. Muhammad Jaber
33. Xalifa Muborak
37. Ahmad Abdulloh

Yarim himoyachilar
6. Aziz G‘aniyev (O‘zbekiston)
7. Ismoil Al Hammadi
8. Volid Hussayn
15. Abdulla Naqbi
26. Hassan Ibrohim
30. Muhammad Juma
42. Leonardo (Braziliya)
78. Eyd Xamis
88. Majid Hassan
99. Federiko Kartabia (Argentina)

Hujumchilar
10. Pedro Konde (Ispaniya)
11. Ahmad Halil
34. Harib Abdulloh

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL-2020: "Paxtakor"ning bugungi raqibi qanday jamoa?