18:38 / 10.02.2020
3 346

Shota Arveladze: "Paxtakor" suv polosini yaxshi o‘ynashini bilmas ekanman”

Shota Arveladze: "Paxtakor" suv polosini yaxshi o‘ynashini bilmas ekanman”
OCHL-2020 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Shabab Al Ahli” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Shota Arveladze ishtirok etdi.
Birinchi navbatda barchani tabriklayman. OCHLning ilk o‘yinida jamoa yaxshi o‘ynab g‘alaba qozonsa bu barchani quvontiradi. Ayniqsa muxlislarga rahmat aytaman. Bunday havoda oxirigacha stadionda turib bizni qo‘llab quvvatlashganiga rahmat. Yomg‘ir uchrashuv boshidan oxirigacha tinmadi. Yigitlarga ham rahmat deyman, sababi yomg‘irda o‘ynash juda og‘ir. “Paxtakor” suv polosini yaxshi o‘ynashini bilmas ekanman (kuladi), - deydi Shota Arveladze.

Bilgandik qiyin o‘yin bo‘lishini. Yomg‘ir biroz xalal berdi. Shuncha muxlislar hurmati g‘alaba qozonishimiz shart edi. O‘tgan mavsum OCHLda o‘z maydonimizdagi yo‘qotilgan ochkolar yetmay qolgandi, shu bois bu yil guruhdagi barcha uy o‘yinlarida g‘alaba qozonishimiz kerak. OCHLda rahbariyat oldimizga katta vazifa qo‘ygan”, - dedi Masharipov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Paxtakor" suv polosini yaxshi o‘ynashini bilmas ekanman”