18:42 / 10.02.2020
2 558

Rodolfo Arruabarrena: "Yomg‘ir tufayli to‘p bilan ko‘p muoamala qila olmadik"

Rodolfo Arruabarrena: "Yomg‘ir tufayli to‘p bilan ko‘p muoamala qila olmadik"
OCHL-2020 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Shabab Al Ahli” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Rodolfo Arruabarrena ishtirok etdi.
“Bugun biz kutgandan farqli o‘yin bo‘ldi. Bunga ob-havo va maydon sabab bo‘ldi. Mezbon jamoa biroz tezroq o‘ynadi. Ikkinchi taymda yaxshiroq o‘ynay boshladik va gol urdik. Afsuski, tezda yana gol o‘tkazdik. Imkoniyatlardan foydala olmadik. Maydon holati tufayli ikkala jamoa ham qiynaldi. Musobaqa endigina boshlandi va oldinda hali o‘yinlar ko‘p. Vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz”, - dedi Arrubarena.

- Bugun “Paxtakor” kuchli yomg‘ir tufayli o‘z o‘yinini namoyish eta olmadi. Siz bugun qanday reja tuzgandingiz?
- Bizni o‘yinimizni ko‘rishingiz kerak. Bugun yomg‘ir tufayli to‘p bilan ko‘p muoamala qila olmadik. “Paxtakor” bunday sharoitga ko‘proq tayyor edi. Biz faqat tanaffusda o‘yinga o‘zgarishlar kiritdik.

- Aziz G‘aniyev bugun “Shabab Al Ahli” safida debyut qildi. Uning o‘yiniga qanday baho berasiz?
- Menimcha birinchi o‘yin uchun juda yaxshi o‘ynadi deb o‘ylayman. U safimizga qo‘shilganiga atigi 1 hafta bo‘ldi. Kecha aytganimdek hali jamoaning falsafasiga ko‘nikishi va yangi jamoadoshlari bilan til topishib ketishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rodolfo Arruabarrena: "Yomg‘ir tufayli to‘p bilan ko‘p muoamala qila olmadik"