14:14 / 11.02.2020
2 508

Sardor Mirzayev Tailandning «MYU» jamoasiga o‘tdi

Sardor Mirzayev Tailandning «MYU» jamoasiga o‘tdi
O‘zbekiston milliy jamoasi hamda Toshkentning «Lokomotiv» klubi yarimhimoyachisi Sardor Mirzayev legionerga aylandi. Mirzayev faoliyatini Tailandning «Muangtong Yunayted» jamoasida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar qilgan.

Tailandda «MYU» deb ham yuritiladigan «Muangtong Yunayted» mamlakat yuqori divizionida harakat qiladi. 15 fevral kuni «Muangtong Yunayted» Tailand chempionati 1-turida «Bangkok Glass» jamoasi mehmoni bo‘ladi.

1991 yil 21 mart kuni tug‘ilgan Sardor Mirzayev faoliyatini Farg‘onaning «Neftchi» klubida boshlagan. 2014 yildan buyon «Lokomotiv»da o‘ynab kelayotgan Mirzayev ilk marta xorij klubiga o‘tdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Mirzayev Tailandning «MYU» jamoasiga o‘tdi