10:42 / 12.02.2020
3 352

Murodjon Ahmadaliyevning jahon chempionlik kamari himoyasi uchun jangi Toshkentda bo‘lib o‘tadi

Murodjon Ahmadaliyevning jahon chempionlik kamari himoyasi uchun jangi Toshkentda bo‘lib o‘tadi
Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida WBA Super va IBF chempionlik kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (8-0, 6 KO) o‘zining navbatdagi himoya jangini Toshkentda o‘tkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ahmadaliyev IBF yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempion, 2019 yilning mart oyidan buyon majburiy da’vogar bo‘lib turgan Ryosuke Ivasaga qarshi jang o‘tkazishi kerak bo‘ladi. IBF chempion vakillarini majburiy himoya bo‘yicha ogohlantirgan. Tez orada mazkur jangni o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.

Murodjon Ahmadaliyevning promouterlari jangni Toshkentda tashkil qilishni reja qilgan. To‘qnashuv muddati bo‘yicha aniq to‘xtamga kelinmagan, ammo katta ehtimol bilan u yoz oyi boshlarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Jang Humo Arena ko‘p tarmoqli sport inshootida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev 30 yanvar (Toshkent vaqti bilan 31 yanvar tongida) kuni Daniel Romanga (27-3-1, 10 KO) qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobida g‘alaba qozongan va O‘zbekiston tarixida ilk marta bir yo‘la ikkita jahon chempionlik kamariga ega chiqqandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyevning jahon chempionlik kamari himoyasi uchun jangi Toshkentda bo‘lib o‘tadi