23:32 / 15.02.2020
2 497

FAKT! "Paxtakor" Toshkentda Eron klublarini barcha o‘yinlarda mag‘lub etgan

FAKT! "Paxtakor" Toshkentda Eron klublarini barcha o‘yinlarda mag‘lub etgan
"Paxtakor" Osiyo klublari musobaqalarida Eron jamoalari bilan 17 marta to‘qnash kelishgan.
"Shahr Xodro" bilan jamoamiz ilk bor to‘qnash keladi. Bunga qadar Eronning jami 8 klubiga qarshi klublar musobaqalarida to‘qnash kelingan. Demak, Mashhad shahri jamoasiga qarshi o‘yin bilan "Paxtakor" va Eron klublari o‘rtasidagi yangi qarama-qarshilik boshlanadi.

Eronliklarga qarshi bellashuvlarda "sherlar" ijobiy natijalar qayd etib keladi. Jami 17 bellashuvning 11tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Ikki o‘yinda durang qayd etilib, raqiblar 4 bor g‘alaba qozongan. Raqib darvozasiga 24 to‘p kiritilib, 16 gol o‘tkazib yuborilgan. Toshkentda 9 uchrashuvning barchasida "sherlar" ustun kelishgan. Raqiblar darvozalariga 15 gol urilib, 4 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Eron jamoalariga qarshi o‘yinlardagi natijalar:
✔️Zobaxan - 2:0, 0:1
✔️Naft - 2:1, 1:1
✔️Saba - 2:1, 2:0
✔️Sepaxan - 2:1, 0:2
✔️Traktorsozi - 1:0, 0:2
✔️Fulad - 2:0, 3:1
✔️Istiqlol - 2:1, 2:4
✔️Persepolis - 1:0, 1:1, 1:0

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FAKT! "Paxtakor" Toshkentda Eron klublarini barcha o‘yinlarda mag‘lub etgan