17:25 / 16.02.2020
2 729

Shota Arveladze "Shahr Xodro" va Derdiyok haqida gapirdi

Shota Arveladze "Shahr Xodro" va Derdiyok haqida gapirdi
OCHL 2-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Shahr Xodro” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumaning dastlabki qismida mehmonlar ustozi Shota Arveladze va jamoa himoyachisi Yegor Krimes qatnashishdi.
“O‘ylashimcha oson bo‘lmagan o‘yin kutib turibdi. Barchangiz Eron klublarining xarakterini bilasiz. Jismonan kuchli va kurashuvchan futbolchilar. Himoyada juda ham tartibli o‘ynashadi. OCHLda oddiy jamoalar o‘ynashmaydi. Birinchi turdan so‘ng ularda 0, bizda 3 ochko bor. Shu bois ham ahamiyati yuqori. Biz dastlabki ikki o‘yinni o‘z maydonimizda o‘tkazamiz, o‘z navbatida oxirgi ikki turni safarda o‘tkazamiz. Muxlislar ertaga ham yonimizda bo‘lishadi deb umid qilaman. Mag‘lub etish qiyin bo‘lgan jamoaga qarshi o‘ynaymiz”, — deydi Shota Arveladze.

“Eron klublariga qarshi har yili OCHLda o‘ynaymiz, terma jamoalariga qarshi to‘qnash kelamiz. Ular kurashuvchan futbolni yaxshi ko‘rishadi. Ertaga muxlislardan stadionga kelishlarini so‘rab qolardim”, — deydi Krimes.

- Derdiyok qachon 90 daqiqa o‘ynashga tayyor bo‘ladi?
- Derdiyokning jamoa uslubiga to‘liq ko‘nikib ketishi uchun vaqt kerak. Jismonan tayyor bo‘lgan holatda ham o‘yin va yigitlarga moslashib ketishi zarur.

- “Shahr Xodro” oldingi o‘yinlarda gol ura olmagan. Bu narsa himoyachilarni xotirjamlikka berilishiga sabab bo‘lmaydimi?
Yegor Krimes: — Gol urmaganini bilamiz, biroq bu hujum qilmagan deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Raqibning kuchsiz tomonlarini o‘rgandik. Bizga qarshi yaxshi jamoa o‘ynaydi, shu bois biz himoyachilar bo‘shashmaymiz.

- “Paxtakor” OCHLda Eron klublariga qarshi o‘z maydonida juda yaxshi o‘ynaydi. Bu statistika o‘yindan oldin sizlarni erkinlik bermaydimi?
- Statistikaga ko‘p ham e’tibor qaratmayman. Men o‘yin davomida raqibni bugun qanday mag‘lub etish haqida ko‘proq o‘ylayman. Mendan oldin kimdir yutganini eslamayman, hozirgi kun bilan ishlayman. Yangi kun, yangi o‘yin va mana shu bahsga tayyorlanamiz.

- OCHLning 1-turida Odil Hamrobekov hamda Sardor Sobirxo‘jayevlar sariq kartochka olishdi. Ertangi o‘yindan oldin ularga bu borada nimalar deyasiz?
- Yigitlar sariq olib bo‘lishdi. Bugun ular saytingizda shuni o‘qisa, sariq kartochka olganini o‘zlari bilib, extiyotkor o‘ynashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze "Shahr Xodro" va Derdiyok haqida gapirdi