19:19 / 17.02.2020
2 937

Stefano Kuzin: “Paxtakor”ning g‘alabasi bizga dars bo‘ldi”

Stefano Kuzin: “Paxtakor”ning g‘alabasi bizga dars bo‘ldi”
OCHL 2-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Shahr Xodro” (3:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Stefano Kuzin ishtirok etdi.
- "Biz birinchi taymni yaxshi o‘tkazdik. O‘yin boshida yigitlar yaxshi o‘ynashdi va 3ta gol urish uchun imkoniyat yaratdik. Agar birinchi taymda gollar ura olganimizda natija butkul boshqacha ko‘rinish olgan bo‘lardi. Ikkinchi taym avvalida ham yomon o‘ynamadik. Bugungi raqibimiz qarshi hujumda juda ham kuchli ekanligini bilardik. Gol o‘tkazib yuborgach yigitlar ruhan tushkunlikka tushib qolishdi. O‘z shogirdlarim bilan faxrlanaman, ular borlarini berishga harakat qilishdi", - deydi mehmonlar bosh murabbiyi.

- Hisob 2:0 bo‘lganidan so‘ng o‘ng qanot himoyachisini almashtirdingiz. Bu hisobni yiriklashib ketmasligini oldini olishmidi yoki boshqa?
- Bu o‘yin natijasini o‘zgartirish uchun emas, uchrashuv shunday ko‘rinish olgani uchun bo‘lgan almashtirish edi.

- Hakamlar haqida nima deya olasiz?
- Mamnun bo‘lganim yo‘q. Bunday o‘yinlarda hakam o‘yinni boshqarishni his qilishi kerak. Bugungi hakamlar ayrim vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘yishdi. Hakam haqida yomon fikr bildirmoqchi emasman, shunchaki bo‘lgan narsani aytdim.

- Tarkibda ukrainalik hujumchi bor, Miroslav Slavov, nima uchun uni deyarli maydonga tushirmayapsiz?
- Bugun uni maydonga tushirmoqchi edim. Ammo raqibdan kelib chiqqan holda ikki markaziy hujumchi bilan o‘ynay olmasdik. Sababi “Paxtakor” juda ham yaxshi qarshi hujumga o‘tadigan jamoa.

- OFK qaroriga ko‘ra dastlabki uchta turni safarda o‘tkazasizlar.
- Bu jamoa natijalariga ham ta’sir qiladi. Yigitlar borlarini berishmoqda. Har gal boshqa davlatga uchganimizda iqlim ham o‘zgaradi, shunga qaramay futbolchilar yaxshi o‘ynashga intilishmoqda. Bu meni xursand qiladi.

- O‘tgan tur “Al Hilol” bilan o‘ynadinglar, bugun “Paxtakor” bilan. Qaysi o‘yinda raqib kuchliroq o‘ynadi?
- “Al Hilol” Osiyoning eng kuchli klubi, amaldagi OCHL g‘olibi. Shuning o‘ziyoq bu jamoaning kuchini aytib turibdi. “Paxtakor” esa mavsumni endi boshlamoqda, tarkibiga bir qator yangi futbolchilarni qo‘shib oldi. “Paxtakor” haqida bir oylardan keyin aniq fikr bildirish mumkin.

- Bugungi mag‘lubiyatdan keyingi vaziyat qanday?
- Men italiyalikman. Bizda shunday maqol bor: Yoki yutamiz, yoki agar yutqazsak nimadir o‘rganamiz. Bugungi mag‘lubiyat bizga dars bo‘ldi. Biz ilk bor OCHLda qatnashyapmiz. O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Stefano Kuzin: “Paxtakor”ning g‘alabasi bizga dars bo‘ldi”