Foto: «Getty Images»
Angliyaning «Tottenhem» klubi hujumchisi Son Xyon Min o‘ng qo‘lidan olgan jarohati bois jarrohlik stoliga yotqiziladi. Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, koreys futbolchisi APL 26-turida «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda jarohat orttirib olgan.
Ta’kidlanishicha, forvard bir necha haftagacha jamoasiga yordam berolmaydi. Vaziyat shunisi bilan ham achinarliki, londonliklarning asosiy hujumchisi Xarri Keyn ham jarohat olgan. Keyn apreldan keyingina safga qaytishi kutilmoqda.
Ushbu mavsum Son uchun juda muvaffaqiyatli o‘tayotgandi: barcha turnirlardagi 32 ta o‘yinda 16 ta gol urib, sakkizta golga assistentlik qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, UYEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali pley-off bosqichi doirasida, 20 fevral tunida «Tottenhem» «Leypsig»ni o‘z maydonida qabul qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi